19:24 / 23.07.2019
27185

Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Davron Abdug‘aniyevich Azizov O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, polkovnik Umida Hazratovna Abdullayeva O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i  o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Mavzuga oid
Top