14:15 / 23.07.2019
20444
Ishoqjon Begmatov «Imom Termiziy»  masjidiga imom-xatib etib tayinlandi
Foto: azon.uz

«Usmon ibn Maz'un» jome masjidida xizmat qilib kelayotgan Ishoqjon Begmatov Toshkent shahridagi «Imom Termiziy»  jome masjidi imom-xatibi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakili Kun.uzʼga ma'lum qildi.

O‘tgan yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mutaxassisligida faoliyat yuritib kelgan Isoqjon Begmatov avvalgi lavozimida 0,5 stavka saqlagan holda Yakkasaroy tumani «Usmon ibn Maz'un»  jome masjidi imom-xatibligiga o‘tkazilgandi

«Imom Termiziy»  masjidida faoliyat yuritgan Rabbimqul Muhammadiyev avval xizmat qilgan «Rakat»  jome masjidi imom-xatibligiga o‘tdi.

Top