20:43 / 23.07.2019
41816

Jang vaqtida og‘ir jarohat olgan rossiyalik bokschi vafot etdi

Rossiyalik bokschi Maksim Dadashev 20 iyulda o‘tkazgan jangda olgan jarohatlar oqibatida vafot etdi. Bu haqda sportchi jamoasida ma'lum qilingan.

Dadashev AQShdagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Ta'kidlanishicha, 28 yoshli bokschining yuragi dosh bera olmagan.

Bokschi AQShning Okson-Xill shahrida Sabriyel Matiasga qarshi jangdan keyin og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Rossiyalik bokschi jangning 11-raundida ko‘p zarba o‘tkazib yuborgan va uning sekundantlari jangni to‘xtatishga qaror qilishgan. Jangdan keyin bokschi o‘zini yomon his qilgan. Shifoxonada unga miyaning og‘ir shishi tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli bokschi 2 soat davomida operatsiya qilingan. Shishni yo‘qotish uchun bokschi bosh suyagining bir qismini olib tashlashga to‘g‘ri kelgan. Keyinroq sportchi medikamentoz koma holatiga kiritilgan.

Dadashev professional boksda 2016 yilda debyut qilgan. U Matias bilan janggacha birorta mag‘lubiyatsiz qatorasiga 13 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Peterburglik sportchi barcha janglarini AQShda o‘tkazgan.

Mavzuga oid
Top