18:50 / 23.07.2019
3919

Navoiyda MIB xodimlari tomonidan 713ta holat fosh etildi. «Elektrokimyozavod»dan 1 milliard so‘mdan ziyod soliq qarzi undirildi

Navoiy viloyat majburiy ijro byurosi organlari tomonidan joriy yilda energiya resurslari, suv va maishiy chiqindi bo‘yicha qarzdorlarga 60 ming 513ta majburiy talabnomalar berilib, qarzdor yuridik shaxslarning bankdagi hisob raqamlariga 10 ming 271ta inkassa topshiriqnomalari qo‘yildi. 336ta talabnoma-da'vo ishlari yuritilib, jamoat ta'sir choralarini qo‘llash haqida 235ta taqdimnomalar kiritildi. Hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan 992 iste'molchi tarmoqdan uzildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida energiya resurslari, suv va maishiy chiqindidan jami 270,3 mlrd so‘m undirilib, undiruv o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 50 foizga ko‘paydi.

Shuningdek, viloyat MIB xodimlari tomonidan jami 713ta ma'muriy va jinoiy holatlar fosh etilib, aybdorlarning javobgarlik masalasi hal qilindi.

Shuningdek, ijro hujjatlarining qonunda belgilangan muddatlarda hal etilishi ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilib, ish yurituvga kelib tushgan

40 ming 356ta ijro hujjatlari «MIB portal» elektron tizimiga kiritildi.

Jami 68ta mol-mulklar realizatsiya qilish uchun «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasiga joylashtirildi.

Natijada ijro sohasida 125,6 mlrd. so‘m, shu jumladan soliq qarzdorligi yuzasidan 60,4 mlrd. so‘m, ya'ni o‘tgan davrga nisbatan 23 foizga ko‘p mablag‘ undirildi.        

Jismoniy va yuridik shaxslarning 2048ta murojaati ko‘rib chiqilib, 1048tasi (51 foizi) qanoatlantirildi.

Kommunal sohada to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, javobgarlikni kuchaytirish, ijro ishi yuritishning samaradorligini tubdan oshirish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, MIB xodimlari katta miqdordagi soliq qarzlarini undirishda ham faolllik ko‘rsatmoqda. Jumladan,   Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 16 apreldagi ijro varaqasiga ko‘ra, Navoiy shahrida faoliyat olib borayotgan «Elektrokimyozavod» AJ soliq qarzlarini o‘z vaqtida to‘lamagani uchun undiruvchi Navoiy shahar soliq inspeksiyasi foydasiga 1 mlrd 290 mln so‘m miqdoridagi pullar belgilangan muddatlarda undirilishi ta'minlandi va undiruvchi tashkilotning hisobraqamiga o‘tkazildi.

Mavzuga oid
Top