12:52 / 23.07.2019
22617

«Og‘ir xastalik va moddiy tanazzul». Namanganlik oila qiyin kunlarni boshidan o‘tkazmoqda

Xalqimiz yigit kishini «boshing tosh bo‘lsin» deya duo qiladi. Bu bilan doimo kuch-quvvatda, sog‘lom yurishi niyat qilinadi. Namanganlik Sherzod Sultonov ayni kuchga to‘lgan, oila va bola-chaqa tashvishini gardaniga olishi kerak vaqtda og‘ir xastalikka chalindi. Bu oila boshiga tushgan tashvishlar sabab yordam ilinjida ko‘pchilikning eshigini qoqdi. Xalq tomonidan ozroq madad berilgan va buni kundalik dori-darmonlari uchun sarf etishni maqsad qilgan bir vaqtda xayriya o‘g‘rilariga duch kelishadi.

Bu haqida saytimizda e'lon qilinib, lavha ham tayyorlangan, jinoyatchi tez orada topilishiga umid qilgan edik. Bu oilaning pullarini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs ushlangan, biroq pullarni qaytarish masalasi hali hal etilmagan ekan. Biz hol so‘rab, bu xonadonda mehmon bo‘ldik. Oila hozir ko‘makka juda muhtoj.

«Vaziyatimiz og‘irlashib bormoqda. Jiyanimiz ikki marta shifoxonada davolanib chiqdi. Qornida suv yig‘ilgan. Shifokorlarning ta'kidlashicha, hozirgi holatida Hindistonga borish yaramaydi. Ular Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Virusologiya shifoxonasida davolanishni maslahat berishyapti. U yerda ham 17 million so‘mga yaqin mablag‘ ketarkan. So‘ngra Hindistonga operatsiya uchun ketish mumkin.

Sharoit ham og‘ir. Jiyanim 200 ming so‘m pensiya oladi. Oilali, bir farzandi bor. Boquvchi o‘zi xolos. Hindistonda davolanishga 37 ming AQSh dollari zarur ekan. O‘shanda pullari o‘g‘irlanmay xalqdan madad davom etganda, bu vaqtgacha yetarlicha yig‘ilib qolarmidi?» deydi bemorning xolasi Mavludaxon Dehqonova.

Sherzodning yurishga ham holi yo‘q. Yurish uchun esa maxsus aravacha sotib olishga ham mablag‘ yo‘qligidan uni ijaraga olishgan ekan. Og‘ir moddiy ahvol, undan-da og‘ir kasallik, ustiga ustak aldovga yo‘liqish... Bir oilaning ayni vaqtdagi holati xuddi shunday ko‘rinishda. Keling, shu oilaning mashaqqatlarini yengib o‘tishda kamarbasta bo‘laylik! Shoyad yurtimizning bir chekkasidagi insonning hayotini saqlab qolishda sababchi bo‘lsak!

SheRZODBeK SULTONOV NOMIGA OChILGAN PLASTIK KARTA:

Click/PayMe: 8600 0417 6093 8846 (Agrobank)

MFO: 00253

INN: 200082581

Naqd pul topshirganda: 23116000700000253001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda:

23118000500000253001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti:

23120000100000253001

Bahodir Ahmedov


Hurmatli "UZCARD" kartochka egalari! "UZCARD" tizimi sizni ogohlantiradi!

Hech kimga va har qanday vaziyatda plastik kartangizga taalluqli ma'lumotlarni, ayniqsa telefon raqamingizga kiruvchi SMS xabarlarni (masalan, To'lovni tasdiqlash kodi: 123456. Kodni hech kimga bermang" yoki "Kod oplati. Nikomu ne soobshayte etot kod. 123456") oshkor qilmang. Sizga yordam pulini plastik kartochkasidan o‘tkazib berayotgan noma'lum shaxs telefon orqali murojaat qilib mobil telefoningizga kelib tushayotgan SMS — kodlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni bilmoqchi bo‘layotganini sezgan bo‘lsangiz, bilingki ushbu shaxs firibgarlik yo‘li bilan kartochka hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini o‘g‘irlashga urinmoqda. Agar karta hisob raqamingizdan pul mablag‘lari o‘g‘irlanayotganini sezgan bo‘lsangiz darhol kartochkangizni olgan bankingizga kartani bloklash uchun murojaat qilishingiz yoki ushbu amaliyotni bevosita o‘zingiz mobil yoki veb ilovada bajarishingiz mumkin.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top