17:49 / 23.07.2019
9219

Toshkentda “Vaqfmed” dorixonasi tashkil etildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Oltintepa” masjidi hududida “Vaqfmed” dorixonasi tashkil etildi. Bu haqda fond Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu vaqf mulki bo‘lgan dorixonaning ochilish marosimi joriy yilning 23 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv rahbari Iskandar Xalilovlar ishtirok etishdi.

Vaqf dorixonasida yuzdan ortiq nomdagi dori mahsuloti keltirilgan bo‘lib, ularning turi kundan-kun ko‘payishda davom etadi. Dorixona zamonaviy hisob-kitob texnikasi bilan ta'minlangan bo‘lib, savdo jarayonini aniqlikda olib borishda muhim ahamiyatga ega.

“Vaqfmed” dorixonalar tarmog‘i O‘zbekiston bo‘ylab barcha hududlarda tashkil etilishi Fond tomonidan rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tarmoqlardagi savdo-sotiqdan tushgan mablag‘ vaqf mulkini tasarruf etish va xayriya ishlariga yo‘naltiriladi. Dorixonalar “Islom quvvati. Vatan ravnaqi. Xalq manfaatlari uchun” shiori ostida o‘z faoliyatini yuritadi.

Top