22:38 / 24.07.2019
10216

Boeing yangi samolyoti bilan muammolarga to‘qnash keldi

Foto: Nicolas Economou / Globallookpress.com

AQShning Boeing kompaniyasi o‘zining yangi Boeing 777X samolyoti ilk parvozini dvigatelidagi muammolar sababli 2020 yil boshiga ko‘chirdi. Bu haqdagi xabar kompaniya saytida e'lon qilingan.  

Yangi model dvigatelida sinov vaqtida nosozliklar aniqlangani iyun oyidayoq ma'lum bo‘lgan.

Yangi keng fyuzelyajli samolyot mart oyida taqdim qilingan. Dastlab layner o‘zining ilk parvozini 2019 yil kuzida amalga oshirishi, buyurtmachilarga esa 2020 yildan yetkazila boshlanishi rejalashtirilgan edi. Bu samolyot ikki dvigatelli dunyodagi eng katta yo‘lovchi samolyoti bo‘lishi kutilmoqda 

Avvalroq kompaniya Efiopiyada va Indoneziyada Boeing 737 MAX samolyotlari bilan yuz bergan yirik aviahalokatlardan keyin muammolarga duch kelgandi.

Mavzuga oid
Top