19:20 / 24.07.2019
5696

Buyuk Britaniya moliya vaziri Boris Jonson bosh vazir bo‘lgani tufayli iste'foga chiqdi

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya moliya vaziri Filip Xammond o‘z lavozimini tark etayotganini e'lon qildi.

"Hozirgina iste'foga chiqishim haqida ariza berdim. Tereza Mey qo‘l ostida uch yil davomida moliya vaziri bo‘lib ishlash men uchun sharaf bo‘ldi", - deb yozdi u tvitterda.

Bu iste'fo kutilgan edi. Avvalroq Xammond Boris Jonson bilan ishlamasligini aytgandi.

Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri va London shahrining sobiq meri Boris Jonson seshanba kuni Birlashgan Qirollikning 77-bosh vaziri etib saylandi.

Mavzuga oid
Top