15:51 / 24.07.2019
10062

Erdo‘g‘an: sanksiyalar orqali tahdid qilish Turkiyani o‘z yo‘lini o‘zgartirishga majbur qila olmaydi

Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov

Sanksiyalar orqali tahdid qilish Turkiyani tanlagan yo‘lini o‘zgartirishga majbur qila olmaydi, dedi mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an.

"Turkiyaning Sharqiy O‘rtayer dengizi va Suriyadagi oxirgi qadamlari turk xalqi va kiprlik turklar manfaatini himoya qilish borasidagi irodamizning isbotidir. Hech qanday sanksiyalar tahdidi – yashirin bo‘ladimi yoki ochiqmi – Turkiyaning haq ishidan to‘xtatolmaydi", - dedi Erdo‘g‘an.

Uning qayd etishicha, Turkiya "xuddi yuz yil avvalgi kabi o‘z fuqarolariga nisbatan tahdidni yo‘q qilish uchun yetarlicha qudrat va qat'iyatga ega".

Yevrottifoq kengashi 15 iyulda Turkiyaning Kipr yaqinida burg‘ulash ishlari olib borishiga javoban Turkiya bilan yuqori darajada muloqot o‘tkazmay turishga qaror qilgandi.

Mavzuga oid
Top