20:30 / 24.07.2019
8385

O‘zbekiston gazini qazib olishda mahalliy kompaniyalar ulushi 29 foizga kamaygan - «O‘ztransgaz»

«O‘ztransgaz» AJ mutasaddi xodimlari tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda O‘zbekiston gazi qaysi chet el kompaniyalari tomonidan qazib chiqarilishi haqida ma'lumot berildi.

Tabiiy gaz eksporti boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Turobovning so‘zlariga ko‘ra, umumiy hisobda gaz qazib chiqarishda xorij kompaniyalarining ulushi 25 foizni tashkil etadi. Asosiylari «Lukoyl», «Gazprom» va Xitoyning CNPC (China National Petrolium Corporation) kompaniyalaridir.

Tadbir davomida ichki talabni qondirmay turib, tabiiy gaz eksporti amalga oshirilayotgani masalasiga mutasaddilar izoh berishdi.

«O‘ztransgaz» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Murodulla Boshmanovning aytishicha, respublika tabiiy gazini faqat mahalliy kompaniyalar emas, balki chet el korxonalari ham qazib chiqaradi.

«Ularning o‘z sotish huquqi bor. Barcha ishlar kelishilgan shartnoma asosida qilinadi. O‘zbekistonda tabiiy gaz qazib chiqarish 8 foizga oshgan. Ammo mahalliy kompaniyalarning ulushi 29 foizga kamaygan. Hozir asosiy eksportyorlar xorij kompaniyalari hisoblanadi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top