14:47 / 24.07.2019
7971

Ruhoniy: Eron Hurmuz bo‘g‘ozida tartibsizliklar uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Eron Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozida tartibsizliklar uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi, dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Vashington Hurmuz bo‘g‘ozini qo‘riqlash uchun koalitsiya shakllantirishini ma'lum qilgandi.

"Hech kimga Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozida tartibsizliklar uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaymiz, har qanday vaziyatda ham keskinlik va harbiy to‘qnashuv bo‘lishini istamaymiz", - dedi Ruhoniy.

Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Hurmuz bo‘g‘ozi hazillashadigan va "xalqaro me'yorlar bilan o‘yin qilinadigan" joy emas.

Uning aytishicha, Tehron nafaqat Fors ko‘rfazi va Hurmuz bo‘g‘ozida, balki Bobil Mandob bo‘g‘ozi va Hind okeanida ham xavfsizlikni ta'minlashga harakat qilmoqda.

Mavzuga oid
Top