00:26 / 24.07.2019
9244

Xitoyning sobiq bosh vaziri Li Pen vafot etdi

Foto: RIA "Novosti"

Xitoy davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Pen 22 iyulda Pekinda kasalligi sababli vafot etdi. Sobiq siyosatchi 91 yoshda bo‘lgan. 

Li Pen Xitoy hukumatiga 2 ta 5 yillik muddat – 1988 yildan 1998 yilgacha boshchilik qilgan. So‘ngra 5 yil davomida Xitoyning oliy qonunchilik organi – Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasi raisi bo‘lgan. 

Li Pen XX asrning 40-yillari oxiri – 50-yillari birinchi yarmida sobiq ittifoqda ta'lim olgan. 

Li Penga munosabat uning konservativ qarashlari va Tyaanmen maydonidagi namoyishlarni bostirishdagi roli sababli turlichadir. Shu bilan birga uning bosh vazirligi vaqtida Xitoy iqtisodiyoti yiliga 10 foizga o‘sgan. 

Li Pen Tyaanmen maydonidagi talabalar namoyishlarini kuch bilan bostirishdagi roli uchun “Pekinlik qassob” degan nom olgan.

Top