11:11 / 25.07.2019
18854
Reklama

“Biz o‘zbekistonlik sayyohlarga ko‘p xarajat qilmay, dunyoni ko‘rish imkoniyatini taklif etamiz” – flydubai’ning O‘zbekistondagi bosh vakili bilan intervyu

2019 yil mart oyidan flydubai aviakompaniyasi Dubay va Toshkent o‘rtasida reyslarni amalga oshira boshladi. Bugungi kunda aviakompaniya dunyoning 90 dan ortiq shaharlariga muntazam aviareyslarni amalga oshirmoqda. 

Suratda: Dilmurodxon Baxtiyorxonov,
flydubai’ning O‘zbekistondagi bosh vakili

Birlashgan Arab Amirliklarining flydubai aviakompaniyasi Dubay hukumatiga tegishli bo‘lib, ushbu mamlakatdagi Toshkent shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareysni taklif qilgan birinchi milliy aviakompaniya bo‘ldi. Uzoq vaqtdan beri O‘zbekistonning madaniy merosi azaldan Amirliklar va Fors ko‘rfazidagi boshqa mamlakatlar aholisi tomonidan sayyohlik qiziqishlariga ega. Biz flydubai aviakompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Dilmurodxon Baxtiyorov bilan aviakompaniya O‘zbekistonlik sayyohlariga nimalarni taklif qilishi va O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini ochib berish uchun qanday choralar ko‘rish mumkinligi haqida suhbat qurdik.

“flydubai”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi sayohat qilishni sevuvchilar uchun nima o‘zgaradi?

“flydubai”ning faoliyati shunchaki mijozlarimizni biron bir A nuqtasidan B nuqtagacha ma'lum bir marshrut bo‘ylab olib borib qo‘yishni o‘z ichiga olmaydi. Bizning asosiy vazifamiz, fuqarolarimizga tez-tez parvoz qilib turish va ularni arzon narxlarda bajarishdir. 21-asrda bizning fuqarolarimiz dam olishlari uchun bir necha yil davomida tejab borishlari kerak emas va sayyohlik yo‘nalishlari, xizmat ko‘rsatish operatorlari, shu jumladan, aviatashuvchilarni tanlash huquqiga ega bo‘lishlari lozim.  

Biz shunchaki aviachiptalarni sotmaymiz. Bizning hamkorimiz – “ATMS” kompaniyasining sharofati bilan, bizda mijozlarimiz uchun hamyonbop bo‘lgan, aviachipta narxini, mehmonxonagacha yetkazib qo‘yishni, mehmonxonaning va vizaning narxini o‘z ichiga olgan turistik paketlarni taklif etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Agar “flydubai”ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishimizdan avval, borib kelish aviachiptalari 800 AQSh dollarigacha bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib bu narx deyarli ikki marotabaga kamaydi.

Biz uchun birinchi navbatda yo‘lovchimiz qoniqishi va bizning xizmatlarimizdan takror foydalanishi muhim hisoblanadi.

MAK timsolidagi raqobatga duch kelish qo‘rqinchli edimi?

Biz adolatli biznes faoliyat yuritamiz va MAKni hurmat qilamiz. Men ularni raqobatchi deb aytmayman, ular bizning hamkasblarimiz va menimcha, biz ham bir xil turdagi xizmatlarni amalga oshiramiz - hamma esa buni o‘z nazdida bajaradi. 

Ko‘pchilik milliy aviakompaniyamizdagi samolyotlarning bortlari kattaroq deb aytishlari mumkin, lekin biz ham yo‘lovchilarimizning qulayligi va xavfsizligi ham qayg‘uramiz. Bizning barcha samolyotlarimiz juda yangi va zamonaviy. Bizning samolyotlarimiz (Boeing 737-800 Next Generation) dunyodagi eng xavfsiz yo‘lovchi tashuvchi laynerlari hisoblanadi.

Raqobat bizni qo‘rqitmaydi, agarda u sog‘lom bo‘lsa. Raqobat bo‘lsa, rivojlanish bo‘ladi, tabiiyki narxlar ham past bo‘ladi, aviaxizmatlar bozori ishtirokchilarning har biri o‘z xizmatlarini yaxshilashga intiladi. Bularning barchasi o‘z navbatida fuqarolarimiz uchun juda yaxshi deb o‘ylayman.

O‘zbekistonda qanday qiyinchiliklarga duch kelmoqdasiz?

Biz ma'lum bir qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Misol uchun, biz dastlab haftasiga yetti marotaba parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirgan bo‘lsak, tegishli halqaro protokol imzolanganiga qaramay, O‘zbekiston aviatsiya ma'muriyati bizga buni amalga oshirishga imkon berishmayapti. Shuning uchun biz haftasiga besh marotaba amalga oshirishni davom ettirmoqdamiz. 

Mening fikrimcha, amalga oshirilgan kelishuvlarga rioya qilish kerak, chunki bu mamlakatning halqaro miqyosdagi obro‘si hisoblanadi va agarda siz sheriklaringizning ishonchini yo‘qotsangiz, uni yana qozonish juda qiyin bo‘ladi.

Yangi aviakompaniyaning paydo bo‘lishi O‘zbekiston turistik salohiyatiga qanday ta'sir ko‘rsatadi?

Men yaqinda Gruziyada bo‘ldim. Ishonish qiyin, lekin ularda YaIMning asosiy qismi aynan turizmdan kelib tushadi. 2017 yil Gruziyada  turizm faoliyati 7,5 million sayyohning tashrifiga sabab bo‘ldi va mamlakatga 2,7 milliard dollarni olib keldi. Bu jiddiy ko‘rsatkichlar.

Ma'lumot tariqasida Gruziyada 53 xorijiy aviakompaniyalar muntazam aviareyslarni amalga oshiradi va ularning bari davlatga sayyohlarni olib keladi, bu esa valutaning sezilarli oqimi degani. Faqatgina flydubai bir kunda o‘rtacha 4 reysni amalga oshiradi, Bakuda ham xuddi shunday ko‘rsatkich, pik mavsumlarda kuniga 6 tagacha  reyslarni amalga oshirish mumkin. Men uchun Bishkekda ham xuddi shunday ko‘rsatkich – kuniga 4 reys bo‘lgani katta syurpriz bo‘ldi. Bu yiliga taxminan 1344 reys va mamlakatga o‘rtacha 150 000 sayyohlar tashrif buyurishini bildiradi. Va bu faqat bir tomonga harakatlangandagi ko‘rsatkichdir. 

Bizning nimamiz kam? Bizda ham o‘ziga xos madaniyat, ajoyib tog‘lar va afsonaviy shahar-yodgorliklarimiz bor. Aynan shu sababli boshqa aviakompaniyalarga ham bozorimizga kirish uchun imkon  berish juda muhim.

Agarda sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurishni istasa, unga qulay transport kerak. Biroq unda hafta ichida bor-yo‘g‘i bir marotaba uchadigan faqat birgina tanlov bo‘lsa, uning borish ehtimoli kam. Agar sayyohga haftaning istalgan kunida belgilangan manzilga yetkazib qo‘yishga tayyor bo‘lgan bir necha aviakompaniyalar tanlovi taklif qilinsa-chi? Bizning mamlakatga Fors ko‘rfazi – bu Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Ummon va boshqa ko‘plab davlatlardan sayyohlar katta qiziqish bildirmoqda.  Yangi reyslar tufayli ular O‘zbekistonga tez-tez uchish imkoniga ega bo‘lishdi. Agar bizlarga yanada ko‘proq reyslarni amalga oshirishga ijozat berishganda,  sayyohlar oqimi yanada ko‘proq natijaga ortgan bo‘lar edi. Axir bu yomonmi? 

Tasavvur eting, agar biz haftasiga 7 marotaba 174 kishi bilan Toshkentga uchsak? Mamlakatimizda juda ham katta salohiyat mavjud, shunday ekan, uning rivoji uchun barcha zarur sharoitlarni nega yaratmasligimiz kerak? O‘zbekiston turistik salohiyatini men aynan shunday ko‘raman va bu borada O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. 

Hozirda biz O‘zbekistonga sayyohlarni yuborishni istayotgan yirik turoperatorlar bilan birga ishlayapmiz. Mahalliy turoperatorlar uchun Dubayga bir necha sayohatlar tashkil etamiz. Xuddi shunday, dubaylik turfirmalar uchun ham.

Biz O‘zbekistonda turizmni rivojlantirmoqchimiz. Istaymizki, bizning odamlarimiz va boshqa yurtlardan sayyohlarimiz O‘zbekistonga hech qanday muammosiz sayohat qilishsin. Biz o‘zbekistonlik sayyohlarga dunyoni ko‘rish va shu bilan birga ko‘p pulni yo‘qotmaslik imkonini beramiz.

Ayni vaqtda flydubai’ning  O‘zbekistonda qanday rejalari mavjud?

Yaqin kunlarda yangi reyslarni, xususan, Buxoro va Samarqandga reyslarni ochish maqsadimiz mavjud. Hozirda muzokaralar faol olib borilmoqda.

Prezidentimizning turizm sohasi rivojidagi roli va sa'y-harakatlarini qayd etmoqchi edim. Kuni kecha menga Shavkat Miromonovich «O‘zbekistonda flydubai kompaniyasi, jumladan,  Dubay-Buxoro-Dubay yo‘nalishining ochilishi hisobiga parvozlar sonini oshirish masalasini ko‘rib chiqish» qayd etilgan 24.06.2019dagi «№ R-5480» sonli buyruq chiqarganini xabar qilishdi. Bu esa bizni juda ham quvontirdi va umid qilamanki, mazkur  buyruqni hamma qo‘llab-quvvatlaydi. Men esa aviakompaniyamiz tomonidan Dubay-Samarqand-Dubay reysining ochilishini taklif qilishim mumkin.

Reyslar sonini oshirish bo‘yicha katta istagimiz bor. Bu yanada ko‘proq sayyohlarni jalb qilish, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini oshirish va butun dunyoga mo‘jizaviy mamlakatimizni ko‘rsatish imkonini beradi. 

flydubai bilan hamkorlikda Dubayda ikki o‘rinli xonada birgina O‘zbekiston fuqarosi uchun 21.07.2019dan boshlab 3 kechali hordiq qanchaga tushishini hisoblab chiqishga qaror qildik.

Ma'lumot uchun telefon: (71) 208-87-78

Instagram: @flydubaiuz

Telegram: @flydubaiuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top