14:14 / 25.07.2019
38512
Jahon iqtisodiyotida dollar davri tugashi aytildi
Foto: Yevgeniy Biyatov / RIA Novosti

Yaqin kelajakda dollar jahon rezerv valutasi maqomini yo‘qotishi mumkin, bu esa uning zaiflashishiga olib keladi. JP Morgan Chase investitsion banki analitigi Kreyg Koen ana shunday fikrni aytdi.

Dollarning o‘z maqomini yo‘qotishiga jahondagi iqtisodiy o‘sishning Osiyoga ko‘chgani sabab bo‘ladi. 

«Xitoy muntazam o‘sish va ichki islohotlar tufayli bu iqtisodiy siljishning markazida turibdi», — dedi Koen.

Jahondagi yetakchi valutalarning almashib turishi tabiiy jarayondir. Ikkinchi jahon urushiga qadar Britaniya funti rezerv valuta hisoblangan, deya ta'kidladi Koen.  

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp dollarni zaiflashtirishni o‘ylagandi. Valutaning arzonlashishi Amerika iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ammo bu dollarning jahon rezerv valutasi maqomini xavf ostiga qo‘yishi ham mumkin.

Top