15:30 / 25.07.2019
27657

Tunis prezidenti vafot etdi

Foto: AP

Tunis prezidenti Beji Kaid As-Sebsi 92 yoshida vafot etdi. Bu haqda prezident ma'muriyatining feysbukdagi sahifasida xabar qilingan.

Ma'lum qilinishicha, Tunis prezidenti harbiy gospitalda olamdan o‘tgan. 24 iyul kuni u bir oy ichida ikkinchi marta og‘ir xastalik tufayli gospitalga yotqizilgandi.

Beji Kaid As-Sebsi — Tunisning ilk erkin saylangan prezidenti edi. U 2014 yilda davlat rahbarligiga kelgandi. U noyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida qatnashmasligini e'lon qilgandi. 

Top