19:20 / 25.07.2019
31446

Ukraina Xavfsizlik xizmati rossiyalik dengizchilarni qo‘yib yubordi

Foto: TASS

Ukraina Xavfsizlik xizmati Odessa oblastidagi Izmail portida ushlangan Rossiya tankeri ekipaji a'zolarini qo‘yib yubordi, deb xabar berdi Strana.ua o‘z manbasiga tayanib.

Ma'lum qilinishicha, UXX kema ekipaji a'zolarini so‘roq qilgan, kemada tintuv o‘tkazgan, hujjatlar, radiosuhbatlar qaydlari va bort jurnallarini musodara qilgan. 

Bundan avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati Rossiyaning Neyma tankerini ushlagani, tanker bortida 24 nafar harbiy borligi xabar qilingandi.

Keyinroq Rossiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya agarda Ukraina rossiyalik dengizchilarni garovga olgan bo‘lsa, buning oqibati uzoq kuttirmasligini bildirdi.

Top