13:30 / 25.07.2019
11821

Zominda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida 24 iyul kuni soat 06:10larda Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 32 yoshli S.X. boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli avtomashinasini “Jizzax-Zomin” yo‘lida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, “Gulshan” QFYda yashagan 32 yoshli Sh.T. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida avtomashinalarda yong‘in kelib chiqib, “VAZ-21011” avtomashinasi to‘liq va Nexia avtomashinasi qisman yonib zarar ko‘rgan.

Natijada ikkala haydovchi jarohat olib voqea joyida vafot etgan va Nexia avtomashinasi yo‘lovchisi, haydovchi Sh.T.ning otasi 61 yoshli R.T. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top