08:04 / 26.07.2019
9613

Qoraqalpog‘istonda talonchi qo‘lga olindi

2019 yil 21 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida yashovchi 27 yoshli S.T. IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 17 iyul kuni noma'lum shaxs uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, rafiqasi 23 yoshli L.K.ning yuziga qo‘li bilan urib, kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, uyidan 3 mln.so‘m pulini talonchilik yo‘li bilan olib ketganligini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qonliko‘l tumanida yashovchi 25 yoshli T.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top