00:15 / 26.07.2019
5151

Qozonlik amaldor ish borayotganini ko‘rsatuvchi 27 ta soxta bayonnoma uchun ikki yil shartli muddat oldi

Rossiya Federatsiya tarkibidagi Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahrida ishlovchi amaldorlardan biri fuqaroni asossiz ma'muriy javobgarlikka tortgani uchun ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga shartli ravishda hukm qilindi. Bu haqda respublika prokuraturasi saytida xabar qilinmoqda.

Sudning aniqlashicha, amaldor mahalliy tadbirkorlardan biriga ko‘cha savdosini tashkil etish tartibini buzganlik uchun 27 marta soxta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Bunga u o‘z rahbariyatida ish ketayotgandek taassurot qoldirish uchun qo‘l urgan. Tadbirkor buning oqibatida 87 ming rubl jarima to‘lashga majbur bo‘lgan.

Sobiq amaldor o‘z aybini tan olgan. Sud unga RF JKning xizmat vakolatini suiiste'mol qilish va xizmat soxtakorligi moddalari bo‘yicha jazo tayinlagan. 

Top