23:01 / 26.07.2019
12537

Vetnamda yovvoyi hayvonlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruh rahbari qo‘lga olindi

Foto: AFP/Nam Giang

Vetnam poytaxti Xanoy shahrida mashinalarning birida 7ta muzlatilgan yo‘lbars jasadlari topilishi yovvoyi hayvonlar savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanishda asosiy gumondorni qo‘lga olishga asos bo‘ldi. Bu haqda davlat axborot vositalari xabar qildi. Mamlakat mutasaddi idoralari Laosdan keluvchi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan noqonuniy savdo yo‘nalishiga barham berishga urinib keladi. 

Bir necha yillar davomida Laosdan nodir jonivorlarni keltirish bilan shug‘ullanishda gumon qilingan Nguyen Huu Hue bilan birgalikda yana ikki kishi hibsga olingan. Bunga ularning avtoturargohda qoldirgan yuk mashinasida 7ta yo‘lbars jasadi topilishi asos bo‘lgan. 

«Hue yo‘lbarslar va yovvoyi hayvonot olami vakillarini noqonuniy sotish maqsadida qurilish materiallari bilan savdo qiluvchi kompaniyaga asos solgan», - degan Jamoat xavfsizligi vazirligi rasmiy vakili Cong An Nhan Dan. 

Dastavval, yo‘lbarslar Laosdagi yovvoyi o‘rmonlardan yoki yo‘lbars go‘shti va a'zolariga bo‘lgan talabni yetkazib beruvchi noqonuniy fermalardan keltirilgani noma'lum bo‘lgan. 

Politsiya ayni jinoiy guruhning boshqa a'zolarini qo‘lga tushirgan edi. Vetnam yovvoyi hayvonot olami vakillari – yo‘lbars, fil tishlari, pangolinlar va karkidon shoxlari kabilarning yirik iste'molchisi va yashirincha savdosi bo‘yicha yirik markaz hisoblanadi. 

Yo‘lbars tanasi qismlari Vetnam an'anaviy tabobatida hamda mahalliy zargarlikda qo‘llaniladi. 

Umuman, bugungi kunda Bengal, Janubiy Xitoy, Sumatra, Hindo-xitoy, Amur va Malay yo‘lbarsi kabi 6 turdagi yo‘lbarslardan dunyo bo‘ylab jami atigi 4 mingtasi yo‘qolib ketmaslik uchun kurash olib bormoqda. 

Kaspiy, Yava va Bali yo‘lbarslari esa, allaqachon yo‘qolib bo‘lgan. 

 

Top