12:15 / 28.07.2019
20762

Las-Vegasga chigirtkalar galasi yopirildi

Foto: thinkstock.com

AQShning Las-Vegas shahriga chigirtkalar galasi yopirildi, deb xabar berdi NBC telekanali.

Telekanal namoyish etgan videolavhada chigirtkalar yo‘laklarni gilamdek qoplab olgani, chiroqlar atrofida uchib yurgani ko‘zga tashlanadi. Ular kunduzi unchalik faol emas, kechqurun esa atrofni bosib ketmoqda, deb xabar berdi telekanal.

Entomolog Jyeff Naytning so‘zlariga ko‘ra, chigirtkalarning shaharga yopirilishiga ob-havo sabab bo‘lgan.  

Olimning aytishicha, chigirtkalar shaharda va umuman Nevada shtati shimolida bir necha hafta bo‘ladi, so‘ngra hasharotlar shimol tomon siljishadi.

 

Mavzuga oid
Top