07:05 / 29.07.2019
6847

AQShdagi festivalda otishma ro‘y berdi. Jabrlanganlar bor

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida o‘tkazilayotgan Gilroy Garlic taom festivali chog‘ida otishma ro‘y berdi. Bu haqda NBC telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jabrlangan. Ular jiddiy jarohatlangan. Biroq, hozircha, jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning aniq soni ma'lum emas. 

Guvohlardan birining aytishicha, chamasi 20 yoshlar atrofidagi yigit festivalga kelgan odamlarga o‘q uza boshlagan. 

Ayni vaqtda, hodisa joyida shoshilinch yordam xizmatlari va bir nechta vertolyot borligi aytilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top