17:06 / 29.07.2019
6587

Kosonda sektor shtabining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Koson tumanida 1-sektor shtab binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi binoda sektor rahbari, sektor kotibi va shtab a'zolari, tibbiyot, ona va bola, oshxona, dam olish xonalari mavjud.

Shuningdek, 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha ham binoda xonalar maxsus jihozlandi. Jumladan, birinchi tashabbusga ko‘ra, yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atga bo‘lgan qiziqishlarni oshirish maqsadida «Musiqa cholg‘u asboblarini o‘rgatish» to‘garak xonasi, ikkinchi tashabbus bo‘yicha jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish uchun fitnes sog‘lomlashtirish xonasi, uchinchi tashabbus bo‘yicha kompyuter texnologiyalaridan foydalanish uchun kompyuter xonasi, to‘rtinchi tashabbus bo‘yicha kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida kutubxona va beshinchi tashabbus bo‘yicha xotin-qizlarni bandligini ta'minlash maqsadida tikuvchilik xonalari to‘liq zamonaviy jihozlanib, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga imkoniyat yaratib berildi.

Shu kuni mazkur yangi binoda tuman hokimi A.Boykarayev aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.

Ushbu sayyor qabul davomida 86 nafar fuqaro tomonidan turli masalalarda murojaatlar bo‘ldi. 72 ta murojaat joyida hal etildi, 14 ta murojaat tegishli tashkilot va korxonalarga ijro uchun yuborildi. 

Bundan tashqari, sayyor qabul jarayonida tumandagi kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va gaz plitalar, kitob jamlanmalari, shaxmat, futbol to‘pi, har xil sport anjomlari berildi..

1-sektor rahbari 10 nafar kam ta'minlangan oila farzandlariga o‘z oylik maoshidan maktab kiyimlari va to‘liq o‘quv qurollari olib berishni o‘z zimmasiga oldi. 812 kam ta'minlangan oila farzandlari to‘garaklarga jalb etilib, alohida murabbiy biriktirildi. Patronaj hamshiralariga 15 ta velosiped, 100 ta patronaj sumkalari tarqatildi. 86 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarga maxsus aravachalar berildi.         

Reklama huquqi asosida 

Top