19:36 / 29.07.2019
8127

London: Eron tankeri bilan bog‘liq vaziyat «sendan ugina, mendan bugina» qoidasi asosida hal etilmaydi

Rasmiy London Tehron ma'muriyati bilan tankerlarni almashish niyatida emas. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raabning bayonot berishicha, Eron bilan bog‘liq vaziyat «sendan ugina, mendan bugina» qoidasi asosida emas, xalqaro huquq tizimi doirasida hal etiladi. Bu haqda DW xabar qilmoqda.

Vazirning qayd etishicha, mamlakatlarning harakatlari turli yuridik maqomga ega. 

«Biz (tankerni) hibsga olishga to‘liq haqli edik», — deya qayd etgan Raab Eronning Grace-1. Tankeri Gibraltarda ushlanishini nazarda tutar ekan. Chunki, tanker YeIning Suriyaga neftni tashishga doir sanksiyasini buzishda gumon qilingan. 

«Sen menga, men senga, degan narsa, yoki tankerlarni almashish istiqboli yo‘q», - degan Raab.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyul kuni Eron Britaniyaning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tankerini hibsga oldi. Stena Impero tankeri, Tehronning uqdirishicha, xalqaro qoidalarni buzgan. Bayonotda aytilishicha, kema 23 nafar ekipaj a'zolari bilan birga ushlangan va tekshiruv o‘tkazish uchun qirg‘oqqa yuborilgan. 

Bundan avvalroq, 4 iyulda Buyuk Britaniya dengiz piyoda qo‘shinlari Eronning Grace-1 tankerini Gibraltar suvlarida qo‘lga olgan edi. U xalqaro sanksiyalarga zid ravishda Suriyaga ketayotgan bo‘lgan. O‘shanda Tehron javob choralari ko‘rishini bildirgandi. 

Mavzuga oid
Top