15:20 / 29.07.2019
31834

Samarqandda yengil metro qurish rejalashtirilmoqda

Foto: Oleg RUKAVITsYN

Yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida yengil metro qurilishi boshlanadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma'lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida turistik markaz qurilishi loyihasi taklifi bilan tanishdi. Majmua uchun 360 gektar yer ajratilishi, uning 80 gektarida anjumanlar markazi, mehmonxonalar va boshqa obektlar qurilishi mo‘ljallangan. 

Mehmonxonalar 5, 4 va 3 yulduzli bo‘lib, barcha toifadagi sayyohlarni qamrab oladi. Sayilgohlar, suzish joylari, sun'iy orolchalar, restoranlar tashkil etiladi.

Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, transport infrastrukturasi bilan ta'minlash va uni rivojlantirish maqsadida Prezident yengil metro qurilishini boshlash to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.

Top