19:50 / 30.07.2019
7022

Belarusda Ikkinchi jahon urushining o‘zbekistonlik qahramonlariga bag‘ishlangan kitob nashr etildi 

31 iyul kuni Yanka Kupala nomidagi adabiyot muzeyida "G‘alaba barcha uchun. Belarus - O‘zbekiston" deb nomlangan kitob taqdimoti o‘tkaziladi, deb xabar berdi BeLTA.

Mazkur kitob Ikkinchi jahon urushida Belarus tuprog‘ida fashizmga qarshi kurashgan, Belarusni ozod qilishda qatnashgan o‘zbekistonlik jangchilarga bag‘ishlangan.

Kitobdan o‘zbek jangchilarining qahramonliklari va mardligidan guvohlik beruvchi tarixiy fotosuratlar, arxiv hujjatlari fotonusxalari joy olgan.

Top