11:23 / 31.07.2019
39832

DXX raisi Pokistonga bordi

Foto: Government of Pakistan

Joriy yilning 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov Pokistonning Ravalpindi shahrida ushbu davlat quruqlikdagi qo‘shinlar shtabi (COAS) boshlig‘i, general Kamar Javed Bajva bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda o‘zaro va professional qiziqishga sabab bo‘layotgan masalalar muhokama qilinib, ikki mamlakat o‘rtasida mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi umumiy vaziyatga alohida e'tibor qaratildi.

Ikkala tomon ham harbiy aloqalarni, ayniqsa, kadrlar tayyorlash va terrorizmga qarshi kurash sohasida yanada optimallashtirishga kelishib oldilar. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Pokiston armiyasiga professionallik va mintaqaviy barqarorlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar beradi Pokiston OAV.

Top