18:02 / 31.07.2019
10609

FIFA mavsumning eng yaxshi murabbiyligi uchun 10 nomzodni ma'lum qildi

FIFA mavsumning eng yaxshi murabbiyiga topshiriladigan The Best sovriniga nomzod bo‘lgan mutaxassislar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ular orasida Jamil Bilmoziy (Jazoir milliy jamoasi), Dide Desham (Fransiya milliy jamoasi), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Marselo Galyardo («River Pleyt»), Rikardo Gareka (Peru milliy jamoasi), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Fernandu Santush (Portugaliya milliy jamoasi), Erik ten Hag («Ayaks») va Tite (Braziliya milliy jamoasi) bor.

Nomzodlar 2018 yil 16 iyuldan 2019 yil 19 iyulgacha bo‘lgan davrdagi natijalarga qarab tanlab olingan.

FIFA The Best sovrinlari 23 sentabr kuni Milanda topshiriladi.

Mavzuga oid
Top