16:41 / 31.07.2019
7282

Malkomning «Zenit»ga transferi tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Foto: REUTERS

«Barselona» vingeri Malkom faoliyatini «Zenit»da davom ettiradi. Bu haqda rus OAV fransiyalik jurnalist Muhammad Buhafsining tvitteriga asoslanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bugun, 31 iyul kuni klublar 22 yoshli braziliyalik xavbek transferi bo‘yicha kelishib olishgan.

Xarid qiymati 40 mln yevroga teng, bu miqdor bonuslar hisobiga yana 5 millionga ortishi mumkin. Malkom yaqin haftalar ichida Sankt-Peterburg klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 5 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilyapti.

«Zenit» vingerga yiliga 6,5 mln yevro maosh taklif qilgani haqida ham xabarlar bor.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa» Malkomni o‘tgan yili «Bordo»dan 41 mln yevroga sotib olgan edi. U  La Liganing o‘tgan mavsumida 15ta turda qatnashib, 1ta gol urish bilan kifoyalandi.

Top