10:58 / 31.07.2019
8338

Tanishining 100 million so‘mdan ortiq pulini noqonuniy o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

2019 yil 23 iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasidan hujjatlar to‘plami tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ularga ko‘ra, shu yil 16 aprel kuni Olmazor tumanida yashovchi 40 yoshli A.N. Dadil ko‘chasida tanishi, Uchtepa tumanida yashovchi 33 yoshli E.R.ga arzon narxda Lacetti rusumli avtomashinasini olib berishni va'da qilib, undan 103 200 000 so‘m pullarini olganligi va bergan va'dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan. A.N. ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top