9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:30 / 01.08.2019 3213

Agrar universitetining Farg‘ona filiali tashkil etilishi mumkin

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Toshkent davlat Agrar universitetining Farg‘ona filialini tashkil etish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati aholisi azal-azaldan dehqonchilik bilan kun ko‘rib kelgan. Viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta tayyorlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha juda katta imkoniyatlar mavjud. 

“Ammo hozirgi kunda viloyatimizda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma'lumotli kadrlar yetishmayotganligi sababli Toshkent davlat agrar universitetining Farg‘ona filialini ochishni zarur deb bilamiz”, - deyiladi murojaat matnida. 

Bildirilishicha, mazkur universitetni tamomlagan oliy ma'lumotli qishloq xo‘jaligi xodimlari (agronom, o‘rmon xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va hokazo yo‘nalishlar) viloyat ravnaqiga katta hissa qo‘shadi. Yoshlarning ish bilan ta'minlanishiga ham xizmat qiladi.

“Shu sababli, Toshkent davlat agrar universitetining Farg‘ona filialini tashkil etishni taklif qilamiz”, - deyiladi petitsiyada.

Top