9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

21:10 / 01.08.2019 11501

«Arsenal» o‘z tarixidagi eng qimmat xaridni e'lon qildi

«Lill» hujumchisi Nikolya Pepe «Arsenal»ga o‘tdi. «Qurolsozlar» 24 yoshli ivuarlik bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Futbolchi 19-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.

Pepe transferi uchun «Arsenal» 80 million yevro to‘ladi. Natijada u londonliklar tarixidagi eng qimmat xaridga aylandi.

O‘tgan mavsumda Pepe «Lill» tarkibida barcha musobaqalarda 41ta o‘yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan va 12ta golga hammualliflik qilgan.

Kot-d’Ivuar milliy jamoasi tarkibida 8ta o‘yinda 3 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Top