09:24 / 01.08.2019
18554

Davstatqo‘m bozorlardagi narx-navoni ma'lum qildi

Foto: Advantour

Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida 2019 yil 30 iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e'lon qildi

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 28 000 so‘mdan 55 000 so‘mgacha (kg) 

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da 28000 so‘m kuzatildi. Mol go‘shtini maksimal narxlari esa Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da 55000 so‘m kuzatildi.

Qo‘y go‘shti 32 000 so‘mdan 58 000 so‘mgacha (kg) 

Qo‘y go‘shti kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori» va Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 32000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da 58000 so‘mdan kuzatildi.

Kartoshka 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg) 

Kartoshka mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangibozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Farg‘ona shaharining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 5000 so‘m kuzatildi.

Piyoz 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg) 

Piyoz mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori»da 500 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Samarqand shahrining «Temiryo‘l dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 3500 so‘m kuzatildi.

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg) 

Sabzi mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 1000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 5000 so‘mdan kuzatildi.

Tuxum 2 000 so‘mdan 9 000 so‘mgacha (10 dona) 

Tuxum mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Toshkent shahrining «Qo‘yliq dehqon bozori»da 2000 so‘m kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 9000 so‘m kuzatildi. 

Guruch 5 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg) 

Guruch mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori»da 5000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahrining markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da 18000 so‘m kuzatildi.

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha (1 l.) 

O‘simlik yog‘ib mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori»da 8000 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Samarqand shahrining «Temir yo‘l dehqon bozori» hamda «Damariq dehqon bozori» da 12500 so‘mdan kuzatildi 

Shakar 4 800 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)

Shakar mahsulotlari kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxlari Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori», Urganch shahrining «Urganch markaziy dehqon bozori»da 4800 so‘mdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori», Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori», «Eski shahar dehqon bozori», Navoiy shahrining «Saxovat bozori», Namangan shahrining «Namangan chorsu dehqon universal bozori», Samarqand shahrining «Siyob dehqon bozori», «Temiryo‘l dehqon bozori», «Damariq dehqon bozori», Termiz shahrining «Termiz shahar oziq-ovqat bozori», «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Yangiyo‘l shahrining «Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da 5500 so‘mdan kuzatildi. 

Mavzuga oid
Top