22:55 / 01.08.2019
15912
Dunyoning eng boy odami o‘z kompaniyasining 1,9 mlrd dollarlik aksiyalarini sotib yubordi 
Foto: EPA/JUSTIN LAN

Dunyoning eng badavlat insoni, Amazon bosh direktori Jyeff Bezos dunyodagi eng yirik onlayn-reteylerning 1,899 mlrd dollardan ko‘proq qiymatdagi aksiyalarini sotib yubordi.    

Xabarga ko‘ra, Bezos Amazon’ning 900 mingdan ko‘proq aksiyasini 29-31 iyul kunlari 3 bosqichda donasini 1,9 ming dollar atrofida sotib yuborgan. Hozirda tadbirkorning qo‘lida kompaniyaning 58,143 mlnta aksiyasi qolmoqda. 

Bezos 2017 yilda boshqa bir kompaniyasi – Blue Origin’ni qo‘shimcha moliyalashtirish uchun har yili Amazon’ning 1 mlrd dollarga yaqin aksiyasini sotish rejasini ma'lum qilgandi.

Hozirda Bezosning boyligi 131 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Milliarder kapitallashuvi 2018 yilda 1 trln dollarga yetgan Amazon’dan tashqari, Blue Origin aerokosmik kompaniyasiga egalik qiladi.

 

Top