9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

21:56 / 01.08.2019 4681

Hindistonda pul o‘rniga plastik qabul qilinuvchi qahvaxona ochildi 

Hindistonning Ambikapur shahrida plastik chiqindiga taom xarid qilish mumkin bo‘lgan qahvaxona ishlay boshladi. Kahvaxona Hindiston shaharlari ko‘chalari va yo‘llarini tozalash bilan shug‘ullanuvchi Swachh Bharat davlat kompaniyasi tomonidan ochilgan.

Shahar aholisi qahvaxonada 1 kg plastikka tushlik, 0,5 kgiga esa to‘yimli nonushta olishlari mumkin. 

Tamaddixonaning maqsadi shahar aholisini ochlik va chiqindilardan xalos etish hisoblanadi. Swachh Bharat olingan plastikni yo‘l qurilishida qo‘llash mumkin bo‘lgan maxsus granulalar ko‘rinishida qayta ishlaydi.

Ambikapurda bunday plastik granula va asfaltdan iborat yo‘l qurilgan bo‘lib, mutaxassislarning ta'kidlashicha, plastik va asfalt qorishmasi yo‘l qoplamasini uzoq muddatga chidamliroq qiladi, chunki u orqali suv shimilishi mumkin.

Bundan tashqari, boshpanasiz odamlar o‘zlari to‘plagan plastikni qahvaxonada nafaqat yegulikka, balki boshpanaga ham almashishlari imkoni mavjud. 

Ta'kidlash joizki, Hindistonning Assam shtatida plastik topshirib, o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan maktab faoliyat yuritadi.

Top