17:22 / 01.08.2019
20787
Hindistonda shifokorlar yetti yoshli bolakayning 526ta ortiqcha tishini olib tashlashdi 

Hindistonda shifokorlar yetti yoshli bolaning 526ta ortiqcha tishini sug‘urib tashlashdi. Bu haqda Times of India xabar berdi.

Bolakay pastki jag‘idagi kuchli og‘riqdan shikoyat qilgan. Kompyuter tomografiyasi va rentgen tekshiruvlarida bolaning og‘zida mayda rudimentar tishlar bo‘lgan shish borligi aniqlangan.

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan va bir necha soat davomida tishlarni olib tashlashgan.  

Bunday g‘ayritabiiy holatning sababi hozircha aniqlanmagan. 2014 yilda ham hind shifokorlari ana shunday hodisaga duch kelishgan, o‘shanda bemorning 232ta tishini sug‘urib tashlashgandi.

Top