9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:10 / 01.08.2019 20065

Kasbi tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi. Avvalgi rahbar fermerlar qo‘liga kishan taqqani uchun ishdan olingandi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Vazirlik matbuot xizmati xabar berishicha, podpolkovnik Farrux Farhodovich Ibragimov Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

U bu lavozimda shov-shuvli ravishda ishdan ketgan Chori Ko‘charov o‘rnini egalladi.

Chori Ko‘charov o‘tgan oyda fermerlarga dala maydonida seminar o‘tkazgani, seminarga kelmagan fermerlarning vakillariga kishan taqib, ularni kun issig‘ida avtobusga qamab qo‘ygani, shuningdek, seminarga kelmagan fermerning oldiga xodimlarini yuborib, uni majburan olib keltirmoqchi bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ishdan olingandi.

Bosh prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, Ko‘charovga nisbatan tekshiruv davom etmoqda, surishtiruv natijalariga ko‘ra unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin.

Top