9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

21:55 / 01.08.2019 16805

Prezident Belarusga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida «Belarus» yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Ushbu park 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.

Bugungi kunda «Belarus» YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi. 

Prezidentga Yuqori texnologiyalar parkida bank-moliya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va boshqa sohalar uchun yaratilgan innovatsion yechim va ishlanmalar haqida ma'lumot berildi.

Davlat rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi nihoyasiga yetdi. Davlat rahbari Toshkentga qaytdi.

Top