9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

10:33 / 01.08.2019 6147

«Toshkent-Chiroqchi» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Bugun, 1 avgust kunidan Uzautotrans service MChJ "Toshkent-Chiroqchi" yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda

Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan soat 12:30 va 14:00da Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani tomon yo‘lga chiqadi. Mazkur yo‘nalish masofasi 480,8 km teng. Ushbu yo‘nalishda barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy YUTONG avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Chipta narxi esa 48 000 so‘m etib belgilangan. Chiroqchidan avtobuslar soat 07:20 va 08:30da Toshkent tomon harakatlanishni boshlaydi.

Hozirda Uzautotrans service MChJ "Toshkent- Qarshi" yo‘nalishida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda. Ushbu yo‘nalishda avtobuslar har kuni soat 07:50, 12:30, 15:30 va 14:00da Toshkent avtovokzalidan Qarshi shahri tomon harakatlanishni boshlaydi.

Top