9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

14:12 / 01.08.2019 5587

Toshkent viloyatida bir kunda 157ta avtomobil qarzdorligi tufayli jarima maydoniga qo‘yildi

Toshkent viloyatining xalqaro va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari onlayn rejimda muntazam ishlab kelmoqda. 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat hududida joylashgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali tezlikni me'yoridan oshirish holati bo‘yicha 79 ming 256 ta qoidabuzarlik aniqlandi. 

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati

Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot bo‘linmasi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda ushbu qoidabuzarlik yuzasidan belgilangan jarimalardan 20 ming 530 ta transport vositasi egalarining manzillariga jarima qog‘ozlari yetkazilganligiga qaramasdan qonunda belgilangan tartibda jarimalarni to‘lamagan. 

Foto: Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati

Ushbu raqamlarni hisobga olib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida undirish maqsadida kuni kecha, 31 iyul sanasida viloyat hududida Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi va Toshkent viloyati prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlari bilan hamkorlikda AUTOCON uskunasi yordamida 60 kun muddat ichida maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan jarimani to‘lamagan qoidabuzar haydovchilarni aniqlanib, 157 nafar haydovchilarning transport vositalari viloyat hududida joylashgan jarima maydonlariga joylashtirildi. 

Eslatib o‘tamiz, ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat  ichida  jarimalarni to‘lamaslik, jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. 

Top