10:16 / 01.08.2019
8954

Toshkent viloyatining yana uch tumanida xorijga chiqish pasportini olish mumkin

Foto: KUN.UZ

Toshkent viloyati aholisiga xorijga chiqish pasportlarini rasmiylashtirish uchun 5 dona texnik qurilma ajratilgan bo‘lib, fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent viloyati  IIBB MvaFRBga, Chirchiq shahar, Yangiyul shahar, Ohangaron va Bo‘ka tumanlariga o‘rnatilgan edi.

Toshkent viloyati IIBB MvaFRB xabariga ko‘ra, ushbu texnik qurilma o‘rnatilgan shahar-tuman IIB MvaFRBlarga hududi yaqin bo‘lgan 4-5 ta shahar-tuman aholisi xorijga chiqish pasportini olish uchun murojaat qilishlari mumkin edi.

Murojaat qilayotgan aholi soni ko‘pligi va ularning navbatda turib qolishlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi  rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan yana qo‘shimcha 3 dona texnik qurilma olindi va ular Yuqori Chirchiq, Zangiota va Chinoz tumani IIB MvaFRBga o‘rnatildi.  

Bugungi kunda Ushbu qurilmalar quyidagi tarzda taqsimlangan: 

Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga:

- Qibray tumani 
- O‘rta Chirchiq tumani 
- Nurafshon shahar 

Chirchiq shahar IIB MvaFRBda 

- Chirchiq shahar 
- Bo‘stonliq tumani 

Yangiyo‘l shahar IIB MvaFRBda

- Yangiyo‘l shahar 
- Yangiyo‘l tumani 

Ohangaron tuman IIB MvaFRBda 

- Ohangaron tumani 
- Ohangaron shahar 
- Olmaliq shahar 
- Angren shahar 
- Pskent tumani 

Bo‘ka tuman IIB MvaFRBda 

- Bo‘ka tumani 
- Bekobod tumani 
- Bekobod shahar 
- Oqqo‘rg‘on tumani 

 Zangiota tumani IIB MvaFRBda 

- Zangiota tumani
- Toshkent tumani 

Yuqori Chirchiq tumani IIB MvaFRBda 

- Yuqori Chirchiq tumani
- Parkent tumani 

Chinoz tumani IIB MvaFRBda 

- Chinoz tumani
- Quyi Chirchiq tumani 

Yil oxirigacha barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlari texnik qurilmalar bilan to‘liq jihozlanishi rejaga kiritilgan.

Xodimlar tomonidan xorijiy davlatlarga ketuvchi fuqarolarga, ya'ni, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan fuqarolar, homilador ayollar, yosh bolalar, nogironlar, kasallarni navbatsiz qabul qilish tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida xodimlar navbat bilan tushlik vaqtida fuqarolarni qabul qilish hamda haftaning shanba va yakshanba kunlari xodimlarning 50%ga dam bergan holda fuqarolarni qabul qilish va tayyor pasportlarni egalariga topshirish ishlari ham tashkil etilgan.

Top