20:20 / 01.08.2019
5437

Yamandagi ikkita teraktda 49 kishi halok bo‘ldi 

Foto: AFP

Yaman hukumatining muvaqqat poytaxti Adanda harbiy parad ishtirokchilarining raketa zarbasiga tutilishi va politsiya bo‘limi oldida avtomobil portlatilishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi yaralandi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Muhammad Rabizga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi xabar berdi

Biroq Rabiz tinch aholi orasidan qancha kishi halok bo‘lgani va yaralanganiga aniqlik kiritmagan.

Yaman xavfsizlik idoralaridagi manbaning Al-Arabiya telekanaliga xabar berishicha, parad o‘tayotgan joyga raketa zarbasi berilgan. Portlash vaqtida brigada generali Munir Yafiy halok bo‘lgan.

Raketa zarbasi bilan bir vaqtda politsiya bo‘limi yonida terrorchi-xudkush portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobilni portlatgan. Bu hujum oqibatida 20 politsiyachi halok bo‘lgan. 

Ta'kidlanishicha, hujumlarni husiylar amalga oshirgan. Ular noma'lum turdagi ballistik raketa bilan zarba bergan. Muxolif telekanal Almasirah’ning husiylar vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, parad “Tays va Daleya shaharlariga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish” munosabati bilan tashkillashtirilgan. 

Mavzuga oid
Top