9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

22:30 / 01.08.2019 24620

Zelenskiyning ofisi rahbari iste'foga chiqdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ofisining rahbari Andrey Bogdan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ma'muriyatidagi manbaga tayanib «Interfaks-Ukraina» xabar berdi.

Xabar qilinishicha, ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi ariza Zelenskiyga 1 avgust kuni topshirilgan.

Iste'foning sababi ma'lum qilinmayapti.

29 iyul kuni Ukrainaning media resursi Shadow Anonymous Telegram-kanaliga asoslanib Bogdan tez orada AQSh bosimi tufayli lavozimini tark etishini xabar qilgandi. Manbalarning aytishicha, Amerika tomoni Bogdanning ilgari oligarx Igor Kolomoyskiy bilan munosabatda bo‘lganligidan norozi bo‘lgan. 

Bogdanning prezident ofisi rahbari etib tayinlanganidan fuqarolar ham norozi bo‘lishgandi: ular prezident saytiga uni bo‘shatishni so‘rab ikki marta petitsiya joylagandi. Murojaatlar prezident ko‘rishi uchun zarur bo‘lgan 25 mingta imzoni yiqqan, ammo Zelenskiy Bogdanni bo‘shatmagandi.

Top