14:01 / 02.08.2019
8671

Chilonzorda avtomashina egasining uxlab yotganidan foydalanib, salondan 1800 dollarni o‘g‘irlab ketishdi

2019 yil 24 iyul kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashovchi 32 yoshli Z.A. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida Chilonzor tumanida joylashgan “Darmon servis” xususiy klinikasining avtoturargohida uxlab yotgan vaqtida, noma'lum shaxs avtomashina eshiklari ochiqligidan foydalangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u mashina salonidan 1800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chilonzor tumani Qatortol 3-tor ko‘chasida yashovchi 23 yoshli R.M. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Top