18:24 / 02.08.2019
14134

MIB xodimi cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Illyustrativ foto

Andijonda MIB xodimi cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi. Hodisa Baliqchi tumanida yuz bergan.

Ma'lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi texnik kuzatuv sho‘'basi mutaxassisi M.Karimov o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan vaqtida  Baliqchi tumani, Do‘ngasaroy MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Andijon” kanalida Do‘ngsaroy MFY, Behizor ko‘chasida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan A.O‘. kanalda cho‘milayotgan vaqtida cho‘kayotganini ko‘rib qolgan. 

M.Karimov bolani qutqarish uchun o‘zini suvga tashlab, uni suvdan olib chiqqan va yordam ko‘rsatib, hayotini saqlab qolgan.

Top