18:15 / 02.08.2019
41899

Mudofaa vazirligi navbatdagi yangi jangovar mashinalarga ega bo‘ldi

Bugun, 2 avgust kuni «Chirchiq» poligonda xorijdan xarid qilingan eng so‘nggi rusumdagi harbiy texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur jangovar mashinalarning o‘ziga xosligi uning barcha qismlari avtomatlashtirilganida. Shuningdek, u yuqori tezlikda harakatlanadi, manyovrchan, sig‘imi keng.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ularni o‘zlari biriktirilgan mexanik-haydovchilarga topshirish tantanalarida mudofaa vazirining qurollanish va qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Qahramon Ermatov ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarga bildirilayotgan yuksak ishonch, yaratilayotgan imkoniyatlar va shunga munosiblik hissi to‘g‘risida to‘xtaldilar. Yangi jangovar mashinalar ham yurtimizdagi osoyishtalikni mustahkamlashga, jangovar qudratni yanada oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta'kidladilar, deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

 

Top