14:17 / 02.08.2019
8388

Namanganda o‘g‘rilik uchun to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2019 yil 26 iyul kuni noma'lum shaxslar Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan “Namangan” YPX maskani oldida Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 49 yoshli L.S. tomonidan eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi salonidan “iPhone-6” va 2 dona bilak uzuklarini o‘g‘irlab ketganlar. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Mirobod tumanida yashovchi 39 yoshli M.Q., Bektemir tumanida yashovchi 27 yoshli A.O‘., Yashnobod tumanida yashovchi 27 yoshli A.F. va Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi 34 yoshli H.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Top