10:00 / 02.08.2019
6260

Qurilish vazirligi yangi interaktiv xizmatlarni joriy qildi

Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini amalga oshirishga guvohnomani olish va qayta rasmiylashtirish uchun arizani YaIDXP orqali berish mumkin. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
Vazirlar Mahkamasining 7.05.2019 yildagi «Qurilish sohasida ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi 381-son qarori xizmat ko‘rsatish uchun huquqiy asos bo‘ladi. Hujjatga muvofiq arizani ko‘rib chiqish uchun 3 EKIH miqdorida to‘lov undiriladi.
 
Guvohnomalarni qayta rasmiylashtirishda talabgorning guvohnoma berish to‘g‘risidagi so‘rovnomasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yagona portal orqali murojaat etilganda ko‘rsatilgan summaning 90%i undiriladi.
 
Yuridik shaxslarga yarim avtomatik rejimda xizmat ko‘rsatiladi va ERI talab etiladi.
 
Eslatib o‘tamiz, qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazuvchi yuridik shaxslarni akkreditatsiyalash vakolatlari Qurilish vazirligiga berildi.

Mavzuga oid
Top