23:44 / 03.08.2019
5562
Texasdagi savdo markazida noma'lum shaxs otishma sodir etdi
Foto: AP Photo / Eric Gay

Texasdagi savdo markazida noma'lum shaxs otishma sodir etdi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib CBS kanali xabar berdi.

Hozircha jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot yo‘q, politsiya aholiga savdo markaziga kelmaslikni tavsiya qilmoqda.

Shu bilan birga Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar otishma natijasida jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlar borligini ma'lum qilgan.

Otishmani kim sodir etgani, politsiya operatsiyasi qaysi bosqichda ekanligi to‘g‘risida ham ma'lumot berilmagan.

Top