9061 USD +179.00

10092.1 EUR +163.84

138.47 RUB +2.09

10926.7 GBP +151.91

08:10 / 04.08.2019 5276

Germaniya Superkubogida «Borussiya»ning qo‘li baland keldi

Foto: Getty Images

Dortmundning «Borussiya» klubi Myunxenning «Bavariya» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

«Signal Iduna Park»da kechgan o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Pako Alkaser hisobni ochdi, unga Jyeydon Sancho hammualliflik qildi. 69-daqiqada Sanchoning o‘zi «arilar»ning ikkinchi golini urdi, unga Rafael Gerreyru golli uzatma berdi.

Shu tariqa, «Borussiya» 6-marta Germaniya Superkubogida g‘alaba qozondi, bu borada faqat «Bavariya» dortmundliklardan ustunroq (7 marta).

Germaniya chempionatining yangi mavsumini «Bavariya» 16 avgust kuni «Herta»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi, «Borussiya» 17 avgustda «Augsburg»ni qabul qiladi.

Germaniya Superkubogi
Borussiya D – Bavariya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 48 Pako Alkaser, 2:0 – 69 Sancho.
Borussiya D – Xits, Pishchek (Volf, 80), Toprak, Akanji, Shuls, Vitsel, Gerreyru (Hakimi, 75), Sancho (Bruun Larsen, 81), Vaygl, Roys, Pako Alkaser.
Bavariya – Noyyer, Kimmix, Zyule, Alaba (Sanshesh, 70), Boateng, Alkantara (Pavar, 80), Tolisso, Goretska, Koman, Myuller (Devis, 66), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Levandovski (59), Kimmix (77).

Top